O'ZBEKISTON KUBOGI | TOSHKENT, 8 – 14-iyun kunlari Oliy hamda Birinchi liga klublari ishtirokida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi., FUTSAL UZBEKISTAN. Official website

News

04 June

O'ZBEKISTON KUBOGI | TOSHKENT


8 – 14-iyun kunlari Oliy hamda Birinchi liga klublari ishtirokida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, Birinchi liganing 9 klubi (O‘zbekiston U19 jamoasidan tashqari) 9-iyun kuni o‘tkaziladigan saralash bosqichida ishtirok etadi. Faqatgina Birinchi ligada 9-10 o‘rinlardan joy olgan Andijon va Mash’al jamoalari 8-iyun kuni saralashning ilk bosqichida o‘zaro kurash olib boradi. Gʻolib jamoa 9-iyun kungi saralashda ham ishtirok etadi. Kubokning barcha bosqichida mag‘lubiyatga uchragan jamoa musobaqani tark etadi.  

Kubokning final uchrashuvi 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Mos ravishda 1/8 final bellashuvlari 10-iyun, 1/4 final bosqichi 11-iyun hamda 1/2 final uchrashuvlari 13-iyun sanalarida Yunusobod sport majmuasida o‘tkaziladi. Oliy liganing joriy mavsumdagi barcha a’zosi O‘zbekiston kubogidagi ishtirokini 1/8 finaldan boshlaydi (Oliy ligani tark etgan Navbahor ham). 

Shuningdek, 8-iyun kuni Oliy ligada 11-o‘rinni egallagan Jizzax hamda Birinchi liga pley-offida finalga qadar yetib brogan Qizilqum jamoalari o‘rtasida 2024/25-yilgi mavsumni Oliy ligada o‘tkazish uchun pley-off o‘yini tashkil etiladi. Reglamentga ko‘ra, mazkur bellashuv 2 ta g‘alabaga qadar davom etishi kerak. Mazkur holat hamda har ikki jamoaning kubokdagi ishtirokidan kelib chiqib, ikkinchi yoki ehtimoliy uchinchi bellashuv sanalariga oydinlik kiritiladi.