TALABALAR LIGASI, FUTSAL UZBEKISTAN. Official website

“Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


Mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda o‘rnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida:

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirishga qaratilgan maxsus dasturlari asosida har yili oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” respublika musobaqalarini o‘tkazish;

yoshlarning futbolga qiziqishini oshirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, ularning futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;
ayollar o‘rtasida futbolni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning futbol bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda ular o‘rtasida muntazam musobaqalar tashkil etish;

terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish, iqtidorli futbolchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;

futbol infratuzilmasini moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish;

futbol bo‘yicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;

hududlarda futbol klublari, bolalar va o‘smirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik mutaxassislarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish;

ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda futbolni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajali axborot va multimedia mahsulotlaridan foydaлaniшni yanada kengaytirish.


Belgilab qo‘yilsinki:

Har yili sentyabr-may oylarida oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan “Talabalar ligasi” dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari o‘tkaziladi.

BATAFSIL: Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори , 07.04.2023 йилдаги ПҚ-115-сон

Team achievements

Personal achievements

Fixtures

Photo

All photos

Video

All videos